GERKOLUBUS YOXUD QIZIL SAYYORA
Insoniyat uchun kitob
Bepul kitob

Bu kitobda men tasdiqlayotgan bashorat juda qisqa vaqt ichida amalga oshadi, chunki men sayyoraning oxiri kelganiga aminman; Men buni bilaman. Men qo`rqitmayapman, balki ogohlantiryapman, chunki men bu bechora insoniyat uchun qayg`uraman. Bu voqealar uzoq vaqt kutilmaydi, vaqtimizni noreal narsalar bilan behuda sarflashimiz kerak emas. - V.M. Rabolu

Dunyoning barcha burchaklarida biz oxirzamonga oid urf-odatlar va bashorat qilinadigan hikoyalarni uchratamiz, ularning barchasi bir-biriga o`xshaydi.

Ushbu bashoratlarning aksariyati bizni Yer yuzidagi qutblarning siljishi, natijada muzliklarning erishi va kuchli zilzilalar va tsunamilar tufayli ulkan quruqliklarning yo`q bo`lib ketishi kabi ulkan falokatlardan ogohlantiradi.

Umumiy xususiyatga ega bo`lgan son-sanoqsiz bashoratlar mavjud: ular bizga davriy ravishda yaqinlashib kelayotgan ulkan sayyora haqida gapiradi. Bu sayyora Lemuriya va Atlantisdagi svilizatsiyalarni yo`q qilgan kataklizmlarni qo`zg`atish uchun ilgari bizning quyosh tizimimizga kelgan bo`lar edi. Endi u bizning hozirgi svilizatsiyamizga chek qo`yadi va shu tariqa yangi davrni boshlab beradi.

Bu ko`plab urf-odatlar, bashoratlarda va muqaddas kitoblarda turli nomlar ostida tanilgan: Baal, Sovuq sayyora, Qizil sayyora, Shuvoq, Ajenjo, Gerkolubus, Barnard I va boshqalar. Bunday sayyora allaqachon teleskoplar yordamida ko`rinadigan bo`lar edi va uning o`lchami Yupiternikidan olti baravar katta bo`lardi.

Hayotning kelishi va ketishida hamma narsa o`zining boshiga yoki oxiriga qaytadi. Shunday qilib, bizning oldingi uchrashuvimizda Gerkolubus Atlantis svilizatsiyasiga chek qo`ydi. Bu faktlar turli dinlar va madaniyatlarning “Universal toshqinlari” orqali tegishli tarzda bayon etilgan.

Ko`p odamlar bunday kosmik hodisa haqida gapirishgan. Ulardan biri V.M. Rabolu, uyg`oq ong qobiliyatlaridan foydalangan holda sayyoraning yaqinlashishini o`rgangan va bu samoviy jismni tadqiq qilishga imkon bergan. Alcione uyushmasi tomonidan butun dunyo bo`ylab bepul tarzda yuboriladigan “Gerkolubus yoki Qizil sayyora” nomli asarida u shunday yozadi:

Gerkolubus Yerga yaqinlashib, Quyosh bilan tenglashganda, halokatli epidemiyalar butun sayyoraga tarqala boshlaydi. Na shifokorlar, na fanlar ular qanday kasalliklar ekanligini va ularni qanday davolash kerakligini bila olishmaydi. Ular epidemiyalar oldida ojiz bo`lib qoladi. Sayyoramizdan hayot yo`qola boshlaydi.

Fojia va zulmat vaqti keladi: silkinishlar, zilzilalar va to`lqinlar. Inson ruhiy jihatdan muvozanatsiz bo`lib qoladi, chunki ular ovqatlana olmay qolishadi va uxlay olishmaydi. Halokat soyasi ko`rinib qolsa, ular butunlay jinni bo`lib, o`zlarini jarlikka tashlaydilar.

V.M. Rabolu

Ezoterizm bo`yicha buyuk Kolumbiyalik tadqiqotchi V.M. Rabolu insoniyatni bu xavf haqida ogohlantirish uchun ovozini baland ko`tardi. Uning ta’kidlashicha, aslida bu bizning svilizatsiyamiz va madaniyatimiz tugashiga olib kelishi mumkin. O`z kitobida u bizning psixologik nuqsonlarimizni yo`q qilish usulini va kelajakdagi kataklizmdan qutulishning yagona formulasi sifatida astral sayohat usullarini o`rgatadi.

V.M. Rabolu o`z asarini quyidagi so`zlar bilan yakunlaydi:

Hurmatli o`quvchi: Men jiddiy ishlashni boshlash kerakligini tushunishingiz uchun aniqlik bilan gapiryapman. Kim mehnat qilsa, xavfdan qutuladi. Bu siz uchun nazariyalar yaratish yoki muhokama qilish uchun emas, balki men ushbu kitobda berayotgan haqiqiy ta’imotni his qilish uchun yozilgan. Biz boshqa hech narsaga murojaat qila olmaymiz.

ALCYONE UYUSHMASI

“Gerkolubus yoxud Qizil sayyora” asarini yoyish va tarqatishda agent-hamkor sifatida tayinlangan notijorat tashkilot.

Muallif: Joaquín Amórtegui Valbuena (V.M. Rabolu)
Nashriyotchi: Ángel Prats

Alcyone Uyushmasi Ichki Ishlar Vazirligining Milliy Assotsiatsiyalar reestrida 1-guruh, 1-bo`lim milliy raqami 588698 bilan ro`yxatga olingan va uning shtab-kvartirasi Burgos shahrida, PO Box 4, 09080 Burgos (Ispaniya) joylashgan.

MUALLIF HAQIDA

V.M. Rabolu (1926 – 2000)
V.M. Rabolu (1926 – 2000)

V.M. Rabolu (1926 – 2000) Tolima shahrida (Kolumbiya) tug`ilgan. 1952-yilda u haqiqiy bilimga ega bo`ldi va uzoq yillik ezoterik amaliyot orqali u g`ayrioddiy qobiliyatlarni rivojlantirdi, natijada uni butun dunyo bo`ylab mashhur bo’lgan ruhiy yo`lboshchiga aylantirdi.

Bizni kutayotgan kelajakni bilgan holda, u insoniyatning ruhiy tiklanishiga erishish formulalarini o`rgatish uchun o`zini bag`ishladi. 70-yillardan boshlab va har doim fidoyilik va kamtarlik bilan u xalqaro miqyosdagi ma’ruzalar, kurslar va kongresslar orqali haqiqiy hikmatni omma oldida o`rgatish uchun tinimsiz ish boshladi.

1998-yilda u “Gerkolubus yoxud Qizil sayyora” asarini yozgan. O`zining bevosita va ongli tajribasiga asoslanib, V.M. Rabolu qisqa muddatda sayyoramizda sodir bo`ladigan dahshatli voqealarni tasvirlaydi va inson chuqur o`zgarishlarga erishish uchun qanday yo`l tutishi mumkinligini tushuntiradi. Hozirgi kunda uning asarida keltirilgan fikrlar 80 dan ortiq mamlakatlarda uning ta`limotidan bahramand bo`lgan ko`plab o`quvchilar tomonidan e’tirof etilgan.

“Men qo`rqituvchi maxluqot emasman; Men insonman, nima bo`lishidan ogohlantiraman”.

V.M. Rabolu

V.M. Rabolu uyg`oq ongli kamdan-kam odamlardan biri edi. Moddiylik va qadriyatlarning kamligi kabi belgilarga ega jamiyatning tobora yo`qolib borayotgan hozirgi paytda uning ta’limotlari juda muhimdir.

MANTRALAR

Ushbu bo`limda siz V.M. Raboluning astral sayohat uchun mantralarni qanday talaffuz qilishini eshitishingiz mumkin, bu sizga mantralarni to`g`ri talaffuz qilish imkonini beradi.

FA RA ON

LA RA S

ALCYONE UYUSHMASI BILAN HAMKORLIK QILING

Alcyone uyushmasi qonuniy tashkil etilgan tashkilotdir. Notijorat tashkilot sifatida uning barcha faoliyati hech qanday moliyaviy daromad olmasdan, altruistik tarzda amalga oshiriladi.

Alcyone uyushmasi “Gerkolubus yoxud Qizil sayyora” kitobining noshiri janob Anxel Pratsning agenti-hamkori sifatida ishlaydi; Shuning uchun uning yagona maqsadi bu kitobni xalqaro miqyosda yoyish va tarqatishdir. Shu sababli, Alcione uyushmasining asosiy faoliyati kitobning bepul nusxalarini dunyoning istalgan joyiga yuborishdan iborat bo`lib, ushbu asarni va uning universal xabarini har qanday shaxsga tarqatishga harakat qiladi.

Hozirgacha tarqatish harakatlari minglab o`quvchilarga “Gerkolubus yoxud Qizil sayyora” kitobining bepul nusxasini pochta orqali olish imkonini berdi. Hozirgi kunda va kundan kunga talablar soni doimiy ravishda o`sib bormoqda. Ushbu katta muvaffaqiyat tufayli biz tarqatish harakatlarini davom ettirishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz.

Buyurtmalar soni ko`p bo`lgani uchun hozirda kitobni mavjudligiga qarab bosma yoki elektron ko`rinishda yetkazib beramiz.

Iltimos, quyidagi videoni yuklab olib, do`stlar va tanishlaringizga elektron pochta orqali yuboring va bu orqali ushbu kitobning yoyilishiga yordam bering.

Agar siz bizning Uyushmamiz bilan bog`lanmoqchi bo`lsangiz yoki kitob nashriyoti bilan V.M. Rabolu kitobi yoki xabarini tarqatish bo`yicha hamkorlik qilishni xohlasangiz, yoki biz bilan yanada mustahkam aloqa va hamkorlikni davom ettirishni istasangiz, quyidagi manzillardan biriga yozishingiz mumkin:

Elektron pochta orqali: [email protected]

Oddiy pochta orqali:
Alcyone Association
P.O. Box 4, 09080 Burgos (Spain)

BEPUL KITOBINGIZNI SO`RANG

Bir necha tillarga tarjima qilingan.
Quyidagi manzilga yozish orqali so`rang: [email protected]
yoki quyidagi shakldan foydalaning:

Buyurtma shakli

Yulduzcha (*) bilan belgilangan ma’lumotlar so`rovingizni boshqarish uchun zarur. Ushbu ma’lumotlar to`planadi va faqat kitob buyurtmasi uchun ishlatiladi.

Kitobni olish uchun to`g`ri elektron pochta manzilini kiritishingiz kerak.

Buyurtmani qayta ishlash uchun ushbu katakchani o`qing va belgilang.

YUBORISH tugmasini bosish orqali siz Maxfiylik siyosatida ko`rsatilgan shartlar va maqsadlarda ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bildirasiz.

Alcyone Association